Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hokimliklar tomonidan obligatsiyalar chiqariladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi:
quyidagi mazmundagi 156-1-modda bilan to‘ldiriladi:
“156-1-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan chiqariladigan munitsipial obligatsiyalar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari munitsipial obligatsiyalar chiqaradi. Munitsipial obligatsiyalarini chiqarish va ularning cheklangan hajmi to‘g‘risidagi qaror belgilangan tartibda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan emissiya qilingan munitsipial obligatsiyalarni joylashtirishda;
munitsipial obligatsiyalari bo‘yicha qiymatni, foizlarni va boshqa to‘lovlarni to‘lashda;
chiqarilgan va joylashtirilgan munitsipial obligatsiyalarning hisobini yuritishda;
munitsipial obligatsiyalari bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda fiskal agent sifatida ishtirok etishi mumkin.
Munitsipial obligatsiyalarini chiqarishdan olingan tushumlar:
mahalliy budjetlar taqchilligini qoplash uchun;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar, tegishli Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Hokimlari qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi”.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
11:29 / 14.03.2025
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
15:34 / 27.01.2025