Sport | 23:37 / 30.07.2019
10202
2 daqiqa o‘qiladi

Shumaxerning do‘sti uning tuzalayotganini ma'lum qildi 

"Formula-1" bo‘yicha yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxer tuzalmoqda. 50 yoshli avtopoygachi televizor orqali 2019 yilgi Gran-pri musobaqalarini ham tomosha qilmoqda. Bu haqda poygachining yaqin do‘stlaridan biri, Xalqaro avtomobil federatsiyasi prezidenti Jan Todtga tayanib Radio Monte-Carlo xabar berdi.

Ferrari jamoasining sobiq sport direktori Shumaxer oilasiga hurmati bois sportchining sog‘ligi haqida ko‘p narsalarni oshkor etmaslikka harakat qilardi. Ammo bu safar Todt o‘zini tiyib turolmadi va poygachi o‘zini ancha yaxshi his qilayotganini ma'lum qildi.  

— Bunday bayonotlar berishda ehtiyotkorman, ammo aytadiganlarim haqiqat. Biz Mixael Shumaxer bilan uning Shveytsariyadagi uyida televizor ko‘rib o‘tirdik, — dedi Todt.

Shumaxer 2013 yil dekabrda Alp tog‘idagi tog‘ chang‘i kurortida yiqilib jarohatlanganidan buyon Jan Todt undan muntazam xabar olib turadi. Poygachi qor ostidagi qoyaga qoqilib boshi bilan toshga tushgan. U o‘shandan buyon harakatlana olmaydi.

Mavzuga oid