Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron milliy valutasidagi 4ta nolni olib tashlaydi
Eron hukumati milliy valuta – rialdan 4ta nolni olib tashlashni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatdagi yuqori inflatsiyaga qarshi chora sifatida ma'qullandi. Bu haqda Eron hukumati matbuot kotibi Ali Rabiiy ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda DW.
Eron markaziy banki o‘z rejasini yanvar oyi boshida taqdim etgandi.
EIR Donald Tramp Amerika ma'muriyati boshqaruviga kelgach, Vashington tomonidan joriy qilingan iqtisodiy jazo choralari bois, valuta inqirozini boshdan kechirmoqda.
Eron pul birligi rialning 1 dollarga nisbatan qadri 2015 yilgi 32 ming rialdan, sanksiyalar joriy qilingach, bugungi kundagi 120,000 rialgacha ko‘tarilib ketdi.
Bu o‘z navbatida pul qadrsizlanishiga olib keldi. Mamlakatdagi narx-navo, shu jumladan oziq-ovqat va dori-darmonlar qimmatlashdi. Aksar fuqarolar do‘konlarda u-bu xarid qilishga 1 mln rialdan ko‘p sarflamoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025