Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekistonning 18 nafar fuqarosi qullikda ushlab turilgani aniqlandi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi 18 nafar O‘zbekiston fuqarolarini qullikda ushlab turishda gumonlanuvchi shaxslar Moskva oblasti politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi saytida joylashtirilgan xabarda aytilishicha, ayni paytda jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish, jumladan jabrlangan yurtdoshlarga vatanga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov/Oryol oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025