Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada yana bir marta raketa uchirilgani qayd qilindi
AQSh razvedkasi Shimoliy Koreya hududidan yangi raketa uchirilishini qayd qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, uchirilgan raketa Pxenyan joriy hafta uchirgan raketaga o‘xshash bo‘lib, Shimoliy Amerikaga xavf solmagan. Raketaning aniq uchirilish vaqti ma'lum qilinmagan.
Avvalroq 1 avgustda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi yirik kalibrli reaktiv snaryad sinovi ortidan kuzatgani va undan mamnun qolgani ma'lum qilingandi. Kim Chen In “bu qurol nishoniga aylanadigan kuchlar muqarrar azob chekishini” aytgan.
31 iyulda Shimoliy Koreya Xamgen-Namdo viloyatidan, 25 iyulda esa Vonsan shahridan bir nechta noma'lum turdagi raketalar uchirgandi.
Pxenyanda ushbu otishmalar o‘z hududiga “eng zamonaviy hujumkor qurolni” qo‘yayotgan va Seulni AQSh bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga undayotgan “janubiy koreyalik urush qo‘zg‘ovchilarga” ogohlantirish jo‘natish uchun zarur ekani aytilgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025