Jamiyat | 10:50 / 02.08.2019
11259
1 daqiqa o‘qiladi

Test sinovlariga kelmaslik davom etmoqda, bu safar 963 nafar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida test sinovlari natijalari bo‘yicha 2 avgust soat 8:20 holatiga oid tezkor axborot berildi.

1 avgust kuni birinchi smena test sinovlarida 35 670 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan 963 abituriyent test sinovlariga kelmagan. Soat 11:30 tayyor javoblar varaqalari belgilangan tartibda DTMga qaytarilishi boshlangan.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 12 nafar abituriyent hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Bundan bir kun oldin, 31 iyulga oid yakuniy ma'lumotlarga ko‘ra 1 570 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagani, 54 nafari turli sabablarga ko‘ra sinovlardan chetlatilgani ma'lum qilingandi

Mavzuga oid