Jahon | 20:17 / 04.08.2019
7947
1 daqiqa o‘qiladi

Bokudagi eng yirik savdo markazida yong‘in chiqdi

Foto: Sputnik / Irade Jelil

Ozarboyjon poytaxti Bokudagi eng yirik savdo markazi “Sadarak” hududida yong‘in chiqdi. Bu haqda Ozarboyjon favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va 15 ta tez yordam brigadasi yo‘llangan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda. 

Ta'kidlanishicha, yong‘inni o‘chirish davomida favqulodda vaziyatlar vazirligining 7 xodimi tutundan zaharlangan. Ular klinik tibbiyot markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.  

Savdo markazi Boku chekkasida joylashgan bo‘lib, maydoni 100 gektarni tashkil qiladi. U 12 mingdan ko‘proq ulgurji va chakana savdo obekti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori, bir qavatli ulgurji ombor, turli muhandislik inshootlarini o‘z ichiga oladi.

Mavzuga oid