Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomashinadagi o‘g‘rilik fosh etildi
2019 yil 3 avgust kuni Toshkent shahrining Uchtepa tuman IIBga xabar tushgan, deya ma'lum qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Unga ko‘ra, shu yil 29 iyul kuni soat 16:00larda 2 noma'lum shaxs “TXAY-Izza” ko‘chalari chorrahasida, Toshkent viloyati Qibray tumani O‘nqo‘rg‘on MFYda yashovchi 52 yoshli A.X. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi old tomon eshigini buzib ochib, salonidan 9.800.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shayxontohur tumani Termiz tor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli Sh.G‘. va Chilonzor tumani 8-dahada yashovchi 26 yoshli A.Yu.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025