Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochiq qolgan derazadan foydalangan o‘g‘ri qo‘lga olindi
2019 yil 1 avgust kuni noma'lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida “Yangi bozor” MFYda yashovchi 35 yoshli S.A. ismli ayolni uyiga ochiq qolgan deraza oynasi orqali kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u uydan 5 mln. so‘m puli, 2 dona “Samsung” hamda 1 dona “LG” rusumli mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chimboy tumani “Tagjap” OFYda yashovchi 31 yoshli R.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
19:59 / 05.04.2025