Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya ikkita raketa uchirgani ma'lum qilindi
Janubiy koreyalik harbiylar Shimoliy Koreya ikki hafta ichida 4-marta noma'lum snaryadlarni uchirganini ma'lum qildi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Janubiy koreyalik harbiylar ma'lumotlariga ko‘ra, raketalar 6 avgust erta tongda Xvanxe-Namdo viloyatidan uchirilgan.
Keyinroq Shimol kichik ta'sir masofasiga ega ballistik raketa uchirgani, uning ko‘rsatkichlari 25 iyulda uchirilgan raketalarnikiga o‘xshashligi ma'lum qilingan. Raketa 450 kmga yaqin masofani uchib o‘tgan, parvozining maksimal balandligi 37 kmni tashkil qilgan.
Seulda Pxenyan BMT xavfsizlik kengashi unga taqiqlagan ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgan deb hisoblanmoqda.
Janublik harbiylar Shimol 2 avgustga o‘tar kechasi ham ikkita raketa uchirganini, 25 iyulda esa yangi turdagi ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini ma'lum qilishgandi. Shimoliy Koreya, o‘z navbatida, “Janubiy Koreyadagi urush qo‘zg‘ovchilarga” ogohlantirish belgisi sifatida yangi “boshqariluvchi taktik raketalar”ni sinovdan o‘tkazganini aytgan.
BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyalar kiritish tahdidi ostida Shimoliy Koreyaga ballistik raketalar ishlab chiqish va uchirishni taqiqlagan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025