Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Turkmaniston bilan chegaradagi yana bir uyezdni bosib olishdi
“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegaradosh Jauzjon viloyatidagi Humab uyezdini bosib olishdi. Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu viloyatda umumiy hisobda 1,5 ming tolib bor.
Jauzjondagi xavfsizlik kuchlari mufoviqlashtirish markazi rahbari Muhammad Zohir jangarilar Humabdan tashqari, Qo‘sh-tepa uyezdini ham egallab olishganini ma'lum qilgan.
“Jauzjonda toliblarning 123 ta turli otryadi harakat qiladi. Ularning umumiy soni 1,5 ming kishiga yetadi. Bu otryadlarning barchasi teraktlar amalga oshiradi”, deb aytgan Zohir.
Jauzjon Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti, afg‘onistonlik o‘zbeklar yetakchisi Abdul Rashid Do‘stumning ona yeri hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025