Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent» xalqaro aeroportida patrul-post xizmati punkti o‘rnatildi
Fuqarolarga va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlarga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatish uchun “Toshkent” Xalqaro aeroportiga yaqin hududda «Police» yozuvi bor poytaxt IIBB patrul-post xizmati punkti faoliyat ko‘rsata boshladi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu punktda kechayu-kunduz Toshkent shahar IIBB xodimlari xizmat olib borishadi.
Bundan tashqari, punktning ichida o‘rnatilgan monitorlar aeroport hududi bo‘ylab o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining tasvirini uzatib beradi. Bu esa ichki ishlar xodimlariga vaziyatni nazorat qilishlariga, jamoat tartibi buzilgan holatlarda tezda voqea joyiga yetib kelishlariga imkoniyat yaratadi.
Ushbu PPX punkti va ichki ishlar xodimlarining aeroport yaqinida xizmat qilishlari, poytaxtga kelayotgan mehmonlarda xavfsizlik hissini uyg‘otadi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025