Sport | 18:29 / 09.08.2019
20012
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek taekvondosida yangi sahifa: Zafarbek Karimov – jahon chempioni

Foto: O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi

Toshkentda o‘tayotgan taekvondochi kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

-41 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Zafarbek Karimov hal qiluvchi bahsda eronlik Amirhussayin Navro‘zini mag‘lub etib, chempionga aylandi.

Karimovning bu muvaffaqiyati o‘zbek taekvondosi uchun tarixiy natijadir – O‘zbekiston terma jamoasi bundan oldingi uchta jahon chempionatida faqat bronza medallarini (jami 7ta) qo‘lga kiritish bilan cheklanib qolayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi musobaqada kecha boshqa bir o‘zbekistonlik atlet Muhammadamin Aliyev bronza medaliga ega chiqqandi.

Mavzuga oid