Iqtisodiyot | 21:58 / 12.08.2019
42229
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank valutalar kursini o‘zgarishsiz qoldirdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 13 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8882,00 so‘mga teng.

1 yevro 9928,30 so‘mni tashkil etadi.

1 rubl esa 2,53 so‘mga qimmatlashib, 136,38 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

10 avgustda Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgilagan, unga ko‘ra, 1 AQSh dollari dushanba kuni e'lon qilingan kursga nisbatan 177,13 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8882,00 so‘mga yetgandi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid