Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda muhojirlarga grin-karta berish qoidalari qat'iylashtirildi
AQSh kelajakda ijtimoiy nafaqa olishga muhtoj bo‘lishi mumkin bo‘lgan xorijiy fuqarolarga grin-kartalar berish qoidalarini qat'iylashtirishga qaror qildi. Tegishli hujjat AQSh Federal reyestri saytida joylashtirilgan.
AQSh Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Fuqarolik va immigratsiya masalalari bo‘yicha xizmat direktori Ken Kuchinellining so‘zlariga ko‘ra, yangilik imkon qadar kamroq chet ellik shaxs davlat qaramog‘ida bo‘lishini kafolatlaydi.
- Qoidalar keyinchalik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xorijliklarning Qo‘shma Shtatlarga kelishi va grin-karta olishiga to‘siq qo‘yadi, - dedi u brifingda.
Ta'kidlanishicha, yangi hujjatda davlat qaramog‘ida bo‘ladigan shaxsning aniq ta'rifi shakllantirgan. Ushbu toifaga bitta nafaqa yoki 36 oylik davrda 12 oydan ko‘proq vaqt davomida nafaqa oluvchilar kiritiladi. Shu bilan birga, bir oydagi ikkita nafaqa ikki oyga tenglashtiriladi.
Yangi qoidalar ikki oydan keyin kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025