Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» klubi «Bunyodkor» stadioniga qaytmoqda
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 14 avgust kuni «Bunyodkor» stadioni va akademiyasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi «Bunyodkor» klubi sayti.
Ermatov dastavval «Bunyodkor» stadionining chimini ko‘zdan kechirdi. Maydonning sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni mutaxassislar bilan muhokama qildi. Shundan so‘ng, «Bunyodkor» akademiyasiga ham tashrif buyurib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, maydonlarning holati bilan tanishdi. Mas'ul mutaxassislarning fikrlarini tinglab, tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Ermatovning tashrifi «Bunyodkor» muxlislari uchun yaxshi yangilik bilan yakunlandi. Ya'ni «Bunyodkor» klubi yana «Bunyodkor» stadioniga qaytadigan bo‘ldi. Superliganing 18-turidan o‘rin olgan, 26 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Bunyodkor» - «Lokomotiv» o‘yini «Bunyodkor» stadionida o‘tkazilishi tasdiqlandi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
Qo‘shimcha qilish joizki, 2018 yil iyun oyida «Bunyodkor» stadioni nomi «Milliy» deb o‘zgartirilib, unda faqat O‘zbekiston milliy va olimpiya jamoalarining uy o‘yinlarini o‘tkazish belgilab qo‘yilgan edi.
Hozircha «Milliy» stadionning nomi yana «Bunyodkor» deb o‘zgartirilishi haqida hech qanday xabar chiqmadi.
Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024