Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AFP: Hongkong chegarasida Xitoy harbiy politsiyasi otryadlari to‘plandi
Xitoy harbiy politsiyasi otryadlari Hongkong bilan chegaradosh Shenchjen shahridagi stadionga to‘plandi. Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.
Agentlikning xabariga ko‘ra, stadionda harbiy libosdagi bir necha ming kishi, yuk mashinalari, bronetransportyorlar va mototsikllar jamlangan.
Hongkongda iyun oyidan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Mutaxassislarning fikricha, namoyishlar to‘xtamasa, Pekin Hongkong ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin.
Iyul oxirida oq futbolkalarda bo‘lgan bir necha o‘nlab erkaklar namoyishchilarga kaltaklar bilan hujum qilgandi.
1 iyulda esa norozilik namoyishi ishtirokchilari Hongkong parlamentini o‘z nazoratiga olgan. Keyinroq politsiya binoni namoyishchilardan ozod etgan.
Shu bilan birga AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton Xitoyni Hongkongdagi vaziyat yomonlashsa, “jiddiy iqtisodiy oqibatlar” kutishi mumkinligini aytdi.
Hongkong 1842 yildan 1997 yilgacha Britaniya mustamlakasi bo‘lgan. Ayni vaqtda u Xitoy tarkibiga maxsus ma'muriy tuman sifatida kiradi.
Mavzuga oid
10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
17:40 / 03.12.2024
Hongkongda 2,5 ming panda haykallaridan iborat ko‘rgazma o‘tkazilmoqda
00:28 / 06.09.2024