O‘zbekiston | 20:13 / 16.08.2019
196229
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuniga necha kun dam olishlari ma'lum bo‘ldi

Foto: Uz24

O‘zbekiston aholisi Mustaqillik kuni munosabati bilan bir necha kun dam olishadi.

2018 yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi. 

Hujjatga ko‘ra, haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar 31 avgustdan 3 sentyabrgacha (4 kun), 6 kunlik ishda mashg‘ul bo‘lganlar esa 1-3 sentabr kunlari (3 kun) dam olishadi.

Dam olish kunlari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

- 31 avgust (shanba) – kalendar bo‘yicha dam olish kuni;

- 1 sentabr (yakshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni;

- 2 sentabr (dushanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;

- 3 sentabr (seshanba) - 7 sentabr, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Farmonda aytilishicha, qo‘shimcha ishlanmaydigan kun (2 sentabr) ishchilarning har yilgi mehnat ta'tillari davomiyligining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga kompensatsiyalanadi.

Mavzuga oid