Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorga qo‘pol munosabatda bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan olindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z rasmiy saytida hukumat xodimi va o‘zini tadbirkor deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv yuzasidan bayonot e'lon qildi.
Bayonotda “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarda 2019 yil 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e'lon qilingani va muhokamalarga sabab bo‘lgani qayd etilgan.
"Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi
15:25 / 19.11.2024