Afg‘onistonda to‘ydagi portlashda 63 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi to‘yda sodir etilgan portlash oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi, 182 kishi yaralandi. Bu haqda Tolo News nashri xabar berdi. Portlash sodir bo‘lganini Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi tasdiqlagan.
Portlash mahalliy soat bilan 22:40da Kobuldagi banket zallaridan birida yuz bergan. Guvohlarning xabar berishicha, terrorchi-xudkush o‘zini sahna oldida portlatgan.
Afg‘onistondagi to‘ylarda yuzlab kishilar ishtirok etadi va odatga ko‘ra ayollar hamda erkaklar alohida zallarda o‘tirishadi.
Mehmonlardan biri Muhammad Farog‘ ayollar zalida turganida kuchli portlash ovozini eshitganini aytdi. «Barcha ko‘chaga chopdi, hamma yig‘lar va baqirar edi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Frans press.
«Yigirma daqiqa davomida erkaklar zalini quyuq tutun qamrab turdi. U yerda bo‘lganlarning hammasi yoki halok bo‘lgan yoki yaralangandi. Portlashdan 2 soat vaqt o‘tganidan keyin ham u yerdan jasadlarni olib chiqishayotgandi», deydi u.
Qayd etish kerakki, portlash Afg‘oniston uchun juda ahamiyatli bir vaqtda, AQSh va «Tolibon» 18 yillik urushni to‘xtatishga yaqin turganda sodir etildi.
«Tolibon» ushbu teraktga aloqador emasligini ma'lum qildi.
Ayni vaqtda hech bir guruh ushbu teraktni o‘z zimmasiga olmadi. Toliblar vakili tashkilot ushbu teraktni keskin qoralashini ma'lum qildi.
Footage shows the aftermath of a suicide #bombing at a #wedding hall in the west of Kabul that killed at least 60 people. pic.twitter.com/SulAcvFncO
— TOLOnews (@TOLOnews) August 18, 2019
Sunniy mazhabdagi jangarilar, jumladan toliblar va IShID ta'siridagi guruhlar avval bir necha marta shia mazhabidagi hazoriylarga, Afg‘oniston va Pokistonda diniy ozchilikni tashkil etuvchilarga hujum qilgandi.
Bugungi portlashdan roppa-rosa 10 kun muqaddam Kobuldagi politsiya mahkamasi hududida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmalar orqali portlash sodir bo‘lgan va 14 kishi halok bo‘lib, 150 kishi yaralangandi.
O‘shanda terakt uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z zimmasiga olgandi.
16 avgust kuni Pokistonda Afg‘onistondagi «Tolibon» yetakchisi Mavlavi Haybatulla Oxunzodaning akasi Hafiz Ahmad o‘ldirilgandi. U Kvetta shahridagi masjid yaqinida bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgan. Bu portlash uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagandi.
Bi-bi-si agentligining Afg‘oniston razvedkasidagi manbasi xabar berishicha, o‘sha kuni masjidga Mavlavi Haybatulla Oxunzoda tashrif buyurishi kutilgandi, katta ehtimol bilan aynan u terakt nishonida bo‘lgan.
Toliblar va AQSh (ayni vaqtda mamlakatda ming nafardan ortiq amerikalik harbiy bor) tinchlik kelishuviga erishish arafasida turgan bo‘lsada Afg‘onistondagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. «Tolibon» vakillari yaqinda Qatar poytaxtida rasmiy Vashington vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishdi, ikki tomon ham muzokaralarda ilgarilash kuzatilganini ma'lum qilgandi.
Juma kuni AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterida tomonlar kelishuvga yaqin ekanini yozdi.
Bu kelishuvga ko‘ra, AQSh o‘z harbiylarini Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqishi kerak bo‘ladi, tolibonlar esa amerikalik harbiylarga hujum uyushtirmaydi.
Fevral oyida «Tolibon» vakillari Moskvaga Afg‘oniston muxolifati vakillari, sobiq amaldorlar va siyosatchilar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun borishgandi.
Avgust oyi boshida esa «Tolibon» delegatsiyasi Toshkentga keldi va Tashqi ishlar vazirligida tashkilotning Doha shahridagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund boshchiligidagi Harakat vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
23:26 / 06.11.2024