Banklarda dollar kursi 9200 so‘mgacha ko‘tarildi
19 avgust kuni O‘zbekiston banklari bir AQSh dollarini 9 200 so‘mdan sotishni, 9100 - 9170 so‘mdan sotib olishni boshladi. So‘nggi uch kun ichida banklarda dollarning kursi kamida 100 so‘mga oshdi.
Spot’ning yozishicha, Amerika valutasi kursi birjada ham o‘sib bormoqda. 16 avgust kuni O‘zbekiston valuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha bir dollar 9084 so‘mga teng bo‘ldi - bu 15 avgustdagi ko‘rsatkichdan 23 so‘mga ko‘p. Savdolar hajmi 123 million dollarga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 179 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 9061 so‘mga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 9000 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:59 / 23.11.2024
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
09:52 / 21.11.2024
Toshkentda qalbaki 9 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
21:21 / 14.11.2024