Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongdagi norozilik namoyishida 1,7 million kishi ishtirok etdi
Hongkongda 18 avgustda o‘tgan navbatdagi norozilik namoyishida 1,7 million kishi ishtirok etdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi aksiya tashkilotchilariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Namoyish tashkilotchilari vakili Jimmi Shamning aytishicha, shaharning markaziy tumanida ulkan olomon to‘plangan.
“Ishtirok etganlar soni 1,7 mln kishidan ancha ko‘pligiga ishonchim komil”, deb qo‘shimcha qilgan Sham.
Namoyishchilar politsiya nomiga haqoratomuz so‘zlarni hayqirishgan, soyabonlari bilan to‘siqlarni taqillatishgan. Biroq ular radikal harakatlar sodir etishmagan.
Hongkongdagi namoyishlar bir necha oydan beri tinmayapti. Dastlab mahalliy aholi ekstraditsiya haqidagi qonunga qarshi chiqqan. Biroq keyinroq ular boshqa muammolarga ham e'tibor qarata boshlashgan. O‘tgan hafta boshida namoyishchilar Hongkong aeroportini egallab olib, uning faoliyatini izdan chiqarishgan. Natijada yuzlab reyslar bekor qilingan.
Ta'kidlanishicha, Hongkongda 7,5 mlnga yaqin kishi yashaydi.
Mavzuga oid
00:40 / 03.02.2025
Gurjistonda namoyishga chiqqan o‘nlab muxolifat vakillari hibsga olindi
22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
20:37 / 11.01.2025
Mo‘g‘ulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
10:19 / 20.12.2024