Jahon | 14:00 / 19.08.2019
52297
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya harbiylari Suriyaga kirdi

Foto: Reuters

Suriya Tashqi ishlar vazirligi dushanba kuni turklarning zirhli texnikalari mamlakat shimolidagi Idlib viloyatida joylashgan Xan-Sheyxun shahri tomon yurish boshlagani haqida xabar tarqatdi.

«Turkiyaning bortida qurol bo‘lgan zirhli texnikalari Suriya chegarasini buzib o‘tdi va Sarakib shahriga kirdi, ular Xan-Sheyxun yo‘nalishida harakatlanmoqda...», - deya TIV bayonotini keltirmoqda Syria TV telekanali.

RIA Novosti muxbiri voqea joyidan xabar berishicha, suriyalik harbiylar Xan-Sheyxun shimoli-g‘arbidagi nazorat-o‘tkazish punktida nazorat o‘rnatgan, ayirmachilar nazoratida bo‘lgan bu shahar armiya tomonidan o‘rab olingan.

2 avgust kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Suriya masalasida o‘tkazilgan muzokaralardan keyin «o‘t ochishni to‘xtatish rejimi» kuchga kirgandi. Suriya arab respublikasi qurolli kuchlari qo‘mondonligi harbiy harakatlar faqatgina Turkiya tomoni 2018 yil sentyabrida Sochidagi muzokaralar natijasida erishilgan Rossiya-Turkiya kelishuvi shartlarini bajargan taqdirda to‘xtatilishini ma'lum qilgan. Bu kelishuvning asosiy punkti og‘ir va o‘rta og‘irlikdagi harbiy qurollarni Idlibdagi harbiysizlashtirilgan hududdan 20 kilometr uzoqqa olib ketish hisoblanadi.

5 avgust kuni esa harbiy tuzilmalar tomonidan armiyaning Hamadagi punktlariga hujum qilish harakatlari kuzatilgani tufayli Suriya armiyasi harbiy amaliyotlarni tikladi.

Mavzuga oid