Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Xitoyga tashrif amalga oshirmoqda
19 avgustda Pekinda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Xitoy raisi o‘rinbosari Van Tsishan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Hozirda Komilov 2 kunlik tashrif bilan Xitoyda qolmoqda.
Muzokaralar davomida Xitoy vakili 27 yil davomida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar mustahkam qolayotgani, ular doirasida iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda hamkorlik muntazam chuqurlashib borayotganini, bunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Tszinpin o‘rtasidagi mustahkam munosabatlar va doimiy aloqalar muhim rol o‘ynashini ta'kidlab o‘tgan.
Van Tsishanning uchrashuvda ta'kidlashicha, hozirda Xitoy islohotlar va ochiqlik siyosatini davom ettirgan holda kuchli va farovon davlat yaratishga intilmoqda. Pekin bu yo‘lda davlat boshqaruvi, boshqa sohalarda ikki tomonlama tajriba almashish masalalarida Toshkent bilan hamkorlik qilishga katta ahamiyat qaratmoqda hamda ShHT va boshqa formatlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlamoqda.
O‘z navbatida Komilov ikki davlat o‘rtasida har tomonlama, jumladan, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalarida shakllangan do‘stona, o‘zaro ishonchli va hamkorlik munosabatlarini qayd qilib o‘tgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, O‘zbekiston ikki davlat iqtisodiyotlarini tutashtirishda va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini ilgari surishda hamda Xitoy bilan strategik sheriklikni kengaytirishda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.
Komilovning Xitoyga tashrifi doirasida uning Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvi va O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasining yangi binosi ochilishi marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025