Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklarda dollar 9450 so‘mgacha ko‘tarildi
20 avgust kuni O‘zbekiston banklari bir AQSh dollarini 9 450 so‘mdan sotishni, 9 200 - 9 350 so‘mdan sotib olishni boshladi. So‘nggi bir kun ichida banklarda dollarning kursi kamida 200 so‘mga oshdi.
Spot’ning yozishicha, Amerika valutasi kursi birjada ham o‘sib bormoqda. 19 avgust kuni O‘zbekiston valuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha bir dollar 9 129 so‘mga teng bo‘ldi - bu 16 avgustdagi ko‘rsatkichdan 45 so‘mga ko‘p. Savdolar hajmi 94 million dollarga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 179 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 9061 so‘mga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 9000 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
10:09 / 11.03.2025
195 ming qalbaki dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi
16:55 / 20.02.2025