Fan-texnika | 01:53 / 20.08.2019
16235
2 daqiqa o‘qiladi

McLaren F1 sportkari 20 mln dollarga sotildi (foto)

Sotheby's auksion uyidagi savdolar vaqtida McLaren F1 sportkarining noyob nusxasi 19,8 mln dollarga sotildi.

Foto: McLaren 

McLaren F1 modeli seriyali tarzda 1992 yildan ishlab chiqarila boshlangan, ilk tayyor mashina esa Monakoda taqdim qilingan. Bunday mashinadan hammasi bo‘lib 106 dona ishlab chiqarilgan, undan 64 tasi umumiy yo‘llarda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lgan. 

Mashina 1993 yildan 2005 yilgacha dunyodagi eng tezyurar seriyali sportkar nomini o‘zida saqlab kelgan. U 386 km/soatgacha tezlikka erisha olgan.  

Foto: McLaren 

1994 yilda McLaren F1’ning maxsus versiyasi yig‘ilib, u LM-Specification deb nomlangan. Bunday mashinadan bor-yo‘g‘i ikkita ishlab chiqarilgan va aynan shu mashinalardan bittasi sotuvga qo‘yilgan.

Ushbu avtomobil kapoti ostida 680 ot kuchiga ega 6,1 litrli V12 motori o‘rnatilgan bo‘lib, sportkar 100 km/soat tezlikkacha tezlashishi uchun 4 soniya talab etiladi. 

Foto: McLaren 

Sotuvga qo‘yilgan McLaren F1 “LM-Specification”’da umumiy hisobda 21500 km yo‘l bosib o‘tilgan.

Noyob avtomobil uchun 4 nafar xaridor kurash olib borgan. Natijada u amerikalik kolleksionerga nasib qilgan.

Foto: McLaren 

Auksion uyida ta'kidlanishicha, ushbu mashina McLaren markasining eng qimmat sotilgan mashinasi bo‘ldi.

Mavzuga oid