Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ayollar huquqlari yanada kengaytirildi
20 avgustda Saudiya Arabistonida ayollar va erkaklar huquqlarini tenglashtiruvchi qonunchilikka tuzatmalar kiritildi. Bu haqda Saudiya mabuot agentligi ma'lum qildi.
Endilikda ayollarga erkak qarindoshlarining ruxsatisiz sayohat qilish va oilaviy ishlarda muhimroq rol o‘ynashlariga ijozat beriladi.
Ayni vaqtgacha podshohlikda barcha yoshdagi ayollar va 21 yoshga yetmagan erkaklarga xorijga chiqish uchun vasiy ruxsati talab etilardi.
Yangi tuzatmalarga ko‘ra, ayollarga ham ular uchun javob beruvchi erkaklarning roziligisiz xorijiy pasport olish huquqi berildi.
Shuningdek, saudiyalik ayollarga tug‘ilgan farzandlarini mustaqil qayd qilish, o‘limni rasman qayd qilish hamda nikoh tuzish yoki uni bekor qilishga ariza berish huquqlari berildi.
Podshohlikda hokimiyat tepasiga 2015 yilda Salmon bin Abdulaziz Ol Saud kelgach hamda 2017 yilda uning o‘g‘li Muhammad bin Salmon valiahd shahzoda etib tayinlangach bunday erkinliklar berila boshlangan.
Jumladan, 2018 yilda saudiyalik ayollarga avtomobil haydashga ruxsat berilgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025