Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pul o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi
2019 yil 17 avgust kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida yashovchi 25 yoshli O‘.B. IIBga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
U shu yil 16 avgust kuni noma'lum shaxs uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonasidagi “Petro Agro Oil” MChJga qarashli temir seyf qulfini buzib, ichidan 3530 AQSh dollari va 2 431 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahri Buyrobofon ko‘chasida yashovchi 21 yoshli B.T. va 24 yoshli A.O. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025