Jahon | 11:36 / 23.08.2019
33655
2 daqiqa o‘qiladi

Maykl Jyeksonning yashirin vasiyatnomasi borligi ma'lum qilindi

Foto: AFP

Afsonaviy qo‘shiqchi Maykl Jyekson o‘limidan bir necha yil oldin kuchga kirmay qolib ketgan yashirin vasiyatnoma tuzgan. Bu haqda artistning sobiq agenti Reymon Beyn ma'lum qildi, deb xabar berdi Independent nashri. 

Ayolning aytishicha, hujjat 2006 yilda tuzilgan va 2002 yilda tuzilgan hozirgi vasiyatnoma o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan. Jyekson unda o‘z merosini qanday saqlab qolishi haqidagi fikrini batafsil bayon qilgan. Beynning aytishicha, u hujjat notariusda tasdiqlangani vaqtida guvoh bo‘lgan va hattoki uning mazmunini eshitgan.

Biroq yashirin vasiyatnoma qayerdaligi haqida hech narsa ma'lum emas. “Maykl Jyeksonning 2006 yil 6 oktyabrdagi vasiyatnomasi topilishi, aniqlanishi, osmondan tushishini istaganman, umid qilganman va iltijo qilganman”, deb aytgan ayol. 

2009 yilda Jyeksonning akasi Rendi Jyekson qo‘shiqchining o‘limidan keyin kuchga kirgan 2002 yilgi vasiyatnomasi qonuniy deb hisoblana olmasligini ta'kidlagan. Uning aytishicha, sud tomonidan ko‘rilgan hujjat 2002 yil 7 iyulda Los-Anjyelesda qo‘shiqchi boshqa shaharda bo‘lganda imzolangan. 

Vasiyatnomaga ko‘ra, Jyekson davlatining 40 foizi onasi Ketringa, yana 40 foizi 3 farzandiga meros bo‘lib qolgan. Qolgan 20 foizi esa xayriya tashkilotlari hisobraqamlariga o‘tkazib berilgan. Hujjat tuzilganda qo‘shiqchining boyligi 500 mln dollarga baholangan.

Maykl Jyekson 2009 yil 25 iyunda Los-Anjyelesda hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga oid