O‘zbekiston | 16:15 / 23.08.2019
147905
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ishdan olindi

Foto: KUN.UZ

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeyini oshirish yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda va yig‘ilish davomida davlat rahbari Yesemurat Kanyazov ishdan olinganini ma'lum qildi.

«Oltin voha» kanalida yozilishicha, prezident videoselektor davomida oliy ta'limdan noroziligini aytgan: «Men mutlaqo oliy ta'limdan noroziman... Rektorlarda talab yo‘q, saviya yo‘q. Eng katta poraxo‘rlik qayerda? Yuridik, Moliya, Iqtisodiyot universitetlarida... Tizimda tartib yo‘q, intizom yo‘q...».

Ma'lumot uchun, Yesemurat Kanyazov 2005-2011 yillarda – Adliya vaziri o‘rinbosari, 2011 yilning iyunidan Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangach vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgandi. Ammo u 2017 yilning aprelida yana Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagandi.

Ayni vaqtda Kanyazovning vazirlikdagi lavozimi taqdiri bo‘yicha ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid