Sport | 15:50 / 25.08.2019
18368
2 daqiqa o‘qiladi

Dzyudo. Sharofiddin Lutfillayev jahon chempionati finaliga chiqdi

Tokioda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik dzyudochilar muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. 

- 60 kilogramm vaznda kurashayotgan O‘zbekiston vakillari bahslarni ikkinchi davradan boshlashdi.

Sharofiddin Lutfillayev dastlab Xalqaro dzyudo federatsiyasi bayrog‘i ostida qatnashayotgan Muhammad Rashnonezxadni, Diyorbek O‘rozboyev esa amerikalik Adonis Diasni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Uchinchi davrada esa Lutfillayev kuvaytlik Omar Alsufayrini ippon bahosi bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, O‘rozboyev chexiyalik David Pulkrabekka hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 

O‘zbekiston vakillari chorak finalga chiqish uchun Tayvan (Xitoy Taypeyi) va Avstraliya terma jamoasi a'zolariga qarshi bahs olib borishdi. Bu bosqichda Diyorbek Yung Vei Yangni, Sharofiddin Joshua Katsni mag‘lub etdi.

Diyorbek O‘rozboyev Chorak finalda Tayvan (Xitoy Taipeyi) vakili Y. Yangga imkoniyatni boy berib, medallar uchun kurashni erta tark etdi.

Sharofiddin Lutfillayev esa bu bosqichda 3 karra va amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Naoxisa Takatoni mag‘lub etishning uddasidan chiqdi va yarim finalga yo‘l oldi.

Yarimfinalda qozog‘istonlik Gusman Kirgizbayevga qarshi bahs olib borgan Lutfillayevning 1:40 daqiqada bajargan uchi-mata usuli final eshigini ochdi.

Endi uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi raqibi gruziyalik Luxumi Chxvimiani hamda yaponiyalik Ryuju Nagayama o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng aniqlanadi.

Mavzuga oid