Indoneziya poytaxtini Borneo oroliga ko‘chirishga qaror qilindi
Borneo oroli Indoneziya poytaxti ko‘chiriladigan hudud deb e'lon qilindi. Bu qaror haqida mamlakat prezidenti Joko Vidodo ma'lum qildi.
Poytaxtning Yava orolida joylashgan va aholisi 10 mln kishilik Jakartadan boshqa yerga ko‘chirilishi ekologik falokat bilan shartlangan. Shahar botqoq yerda joylashgan bo‘lib, u yiliga 25 smga cho‘kib bormoqda va suv ostida qolishi mumkin. Hozirda shaharning yarmi dengiz sathidan pastda joylashgan.
Borneo Sharqiy Kalimantan viloyatiga tegishli bo‘lib, poytaxtni “noldan” boshlab qurish rejalashtirilmoqda. Ulkan loyiha 32 mlrd dollarga baholanmoqda, biroq hukumatda u tezda o‘zini oqlashiga umid qilinmoqda. Ma'lum qilinishicha, hozirda Jakartadagi transport tirbandliklari mamlakat iqtisodiyotiga yuqoridagi qiymatning chorak qismiga, ya'ni 8 mlrd dollarga yaqinga aylanmoqda.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024