O‘zbekiston | 17:26 / 27.08.2019
55452
2 daqiqa o‘qiladi

Komil Rashidov O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi etib tayinlandi

Foto: Kenesh.kg

Komil Qayumovich Rashidov O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolapi va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamentining mudiri lavozimi kiritildi.

Ma'lumot uchun: Komil Rashidov bundan oldin O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan. 

Mavzuga oid