Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 22 avgust kuni ushbu shahardagi sham zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida 2 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi A.O. jarohatlandi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, ular I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Kuyish natijasida jarohat olgan hamyurtimizning ahvoli og‘ir.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025