Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiyaga S-400’ning 2-divizionini yetkazishni boshladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 avgustda Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmuasining yana bitta divizioni yetkazib berila boshlanganini ma'lum qildi.
“Bugun ertalabdan yana bitta majmua yetkazib berila boshlandi”, deb aytgan Putin MAKS aviasalonida unga hamrohlik qilgan Turkiya prezidentiga yuzlanib.
S-400’ning 2-divizoni qismlari ortilgan transport samolyoti Anqaradagi Murted aviabazasiga qo‘ngan. Majmuaning yetkazilishi bir oy vaqt oladi.
Avvalroq xabar qilinganidek, Turkiya kuniga majmua qismlari ortilgan 2 tadan samolyot qabul qiladi.
2017 yil sentyabrda Rossiya Turkiya bilan S-400’lar yetkazilishi bo‘yicha shartnoma imzolangani ma'lum qilingan. Anqara 2,5 mlrd dollarlik shartnoma doirasida polk majmuasi (2 ta divizion) oladi.
S-400 majmuasi 1-divizioni qismlarining Turkiyaga yetkazilishi 12-25 iyul kunlari amalga oshirilgan. 30 ta harbiy-transport samolyoti majmua qismlarini Murted aviabazasiga yetkazgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025