Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chili prezidenti jarimaga tortildi – OAV
Chilining Pukon shahri sudi prezident Sebastyan Pineraga uy qurishda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik uchun 4,93 mln Chili pesosi (6,8 ming dollar) miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda BioBio radiostansiyasi xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, shahar ma'muriyati prezidentni Kaburgua ko‘li bo‘yidagi uyiga ishlarni yakuniy qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagani uchun sudga bergan.
Prezident ushbu qonunbuzarlik uchun belgilangan maksimal jarimaga tortilgan. Ta'kidlanishicha, Pinera jarimani to‘lab bergan.
Shu bilan birga sud uyni buzib tashlash haqidagi arzni bunday qarorlar qabul qilish uning vakolatiga kirmasligi vaji ostida rad etgan.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
14:56 / 01.04.2025