O‘zbekiston | 19:12 / 30.08.2019
18906
2 daqiqa o‘qiladi

DTM mandat nega kechikkaniga izoh berdi

Bugun, 30 avgust kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi rahbar xodimlari va jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 2019–2020 o‘quv yili tet sinovlari yakunlari, mandat e'lon qilinishining kechikkani, apellyatsiya jarayoni va boshqa muhim savollarga javob berildi. Davlat test markazi direktori Majid Karimov test sinovi javoblarini e'lon qilish muddati nima uchun kechikkani sabablarini aytdi.

«Mandat test jarayonlari to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta ichida e'lon qilinishi belgilangan. O‘qishga kirishda 27 xil imtiyoz mavjud. Ularning juda ko‘pligi natijalarni o‘z vaqtida e'lon qilishimizni kechiktirdi. Biz abituriyentlarning imtiyoz beruvchi hujjati haqiqiyligini tekshirish uchun tegishli tashkilotlar - Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi (maqsadli qabul uchun), Sog‘liqni saqlash vazirligi (nogironligi bor shaxslar uchun imtiyozlar) xulosalarini olishimiz ma'lum muddatni talab qildi. Imtiyozli abituriyentlarning hujjatlarini tekshirish 8ta bosqichli tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqida saytimizda batafsil ma'lumot berilgan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Karimovning qo‘shimcha qilishicha, harbiylar uchun beriladigan imtiyoz turi mandat e'lon qilinishi arafasida o‘zgargani ham yana bir sabablardan biridir va bular mandat berilgan muddatdan atigi bir kunga kechikishiga olib keldi.

Mavzuga oid