O‘zbekiston | 14:32 / 31.08.2019
108554
2 daqiqa o‘qiladi

Nuriymon Abulhasanning yangi ish joyi ma'lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi sobiq o‘rinbosari Nuriymon Abulhasanning yangi ish joyi ma'lum bo‘ldi.

Nuriymon Abulhasan

Kun.uz axborot manbasi xabariga ko‘ra, Nuriymon Abulhasan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlangan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori sifatida ishlab kelgan Nuriymon Abdulhasan 1994 yilda Toshkent islom institutini (oliy ma'had), 1997 yilda Misr Al Azhar universitetini tamomlagan.

U bundan avval Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-2019 yillarda polkovnik Doniyor Qodirov IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan. U 2019 yilning martidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasiga rahbar bo‘lgan, iyun oyidan ichki ishlar vazirining Turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlamoqda.

Mavzuga oid