Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Formula-1»: Sharl Lekler Belgiya bosqichida g‘olib bo‘ldi
Ferrari jamoasi a'zosi Sharl Lekler «Formula-1» poygasining Belgiya bosqichida g‘olib bo‘ldi. Bu uning poygadagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.
Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib amaldagi peshqadam va chempion Lyuis Xemilton (Mercedes), uchinchi bo‘lib finlyandiyalik Valtteri Bottas (Mercedes) kesib o‘tgan.
Xemilton umumiy hisobda 268 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Bottas 203 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda.
Belgiya bosqichi «Formula-2» poygasi vaqtida halok bo‘lgan fransiyalik poygachi Antuan Yuberning xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlangan.
Poyganing keyingi bosqichi 6-8 sentabr kunlari Italiyaning Monsa shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
17:07 / 25.11.2024