Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada kruiz layneri dunyo bo‘ylab eng uzun sayohatga jo‘nadi
1 sentyabrda Londondan 6 ta qit'a, 51 davlat va 112 portni qamrab oladigan 245 kunlik dengiz sayohatiga Viking Sun layneri jo‘nadi. Bu esa yangi Ginness rekordi hisoblanadi.
Sayohatni Viking Ocean Cruises kruiz kompaniyasi tashkillashtirgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Sayohatga jo‘nashni istaganlar 25 kvadrat metrlik kayuta uchun 67 ming funt sterling to‘lashlariga to‘g‘ri kelgan. Eng qimmatbaho kayuta 194 ming funt sterling turadi.
Layner 930 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Ular ixtiyorida 2 ta suv havzasi, qor g‘ori, qishki bog‘ va spa bo‘ladi. Kemadagi 8 ta restoran esa 245 turdagi taomnoma taklif etadi.
Sayohat Skandinaviya, Karib havzasi, Janubiy Amerika, Tinch okeanining janubiy qismi, Avstraliya va Osiyoni qamrab oladi.
Sayyohlar, shuningdek, 23 ta shaharda, jumladan Rio-de-Janeyro, Ushuayya, Xobart, Xo Shi Min, Mumbay va Luksorda tunni o‘tkazishadi
Londondan butun sayohat uchun to‘lovni amalga oshirgan 54 yo‘lovchi sayohatga jo‘nagan. Qolgan sayyohlar kemada sayohatning bir qismini o‘tkazadilar.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025