O‘zbekiston | 07:56 / 06.09.2019
46346
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda sovuq suv narxi oshishi kutilyapti

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 sentabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilash va sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish kerakligi ta'kidlangan. Qolaversa, toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari hamda iste'molchilarni 2022 yil oxiriga qadar 100 foiz hisoblagichlar bilan ta'minlash lozimligi qayd etildi.

Shu maqsadda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2020 yil 1 yanvardan tariflarni xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash va modernizatsiya xarajatlarini hisobga olgan holda belgilash vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda ma'lum qilinishicha, 27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bo‘lsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari ishdan chiqqan. Shaharlarning faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj. 

Mavzuga oid