Jahon | 00:19 / 07.09.2019
23302
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh armiyasi tarixida ilk bor opa-singilga general unvoni berildi

Foto: U.S. Army

AQSh armiyasining 244 yillik tarixi davomida Mariya Barrett va Pola Lodi general unvonigacha xizmat qilgan birinchi opa-singil bo‘ldi. Bu haqda USA Today nashri xabar berdi.  

Barretga general-mayor, Lodiga esa brigada generali unvoni berilgan.

“General-mayor Mariya Barret va brigada generali Paula Lodi Amerika taklif qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshilarni bildiradi”, deb aytgan AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Rayan Makkarti. U bundan opa-singilning oilasi va butun AQSh armiyasi faxrlanishini aytgan.

Ta'kidlanishicha, avval AQSh armiyasida bir oilaning turli vakillari general unvonigacha xizmat qilishgan. Bunga ota-o‘g‘illar, er va xotin muvaffaq bo‘lgan, biroq opa-singillar ilk bor general unvonigacha xizmat qilishdi. 

Ta'kidlanishicha, ayollar 1901 yilda hamshiralar korpusi tashkil etilmagunga qadar AQSh armiyasida xizmat qila olmagan.

Ayni vaqtda AQSh armiyasining 1,3 mln kishilik armiyasidan 16 foizini ayollar tashkil qiladi. Xususan, AQSh qurolli kuchlaridagi 417 generaldan 61 nafari ayollardir. 

Mavzuga oid