Jamiyat | 19:11 / 07.09.2019
15577
4 daqiqa o‘qiladi

Maxsus tanlov yakunlandi. Omon Matjon bosh sovrindor

Bugun, 7 sentabr kuni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi binosida «Vatan uchun yashaylik» nomli tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, vatanparvarlik, zamondoshlarning siymolari aks ettirilgan she'riy, nasriy, bolalar adabiyoti va badiiy-publitsistik yo‘nalishdagi sara asarlar uchun o‘tkazilgan edi.

Yakunda hay'at a'zolari tomonidan tanlovga kelib tushgan 56 nafar muallifning o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridagi 102ta asari baholandi va ular ichida g‘oliblar aniqlandi.

Kun.uz muxbiri ma'lumotiga ko‘ra, tanlovning yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish olgan:

1-o‘rin:

1. Omon Matjon – «El birla bo‘l» she'riy kitobi uchun;

2-o‘rin:

1. Abduqayum Yo‘ldoshev – «Osmon og‘ushi» qissalar va hikoyalar to‘plami uchun;

2. Nodir Jonuzoq – «So‘z» dostoni uchun;

3. Chorsham Ro‘ziyev – «Oshiqlik» g‘azallari to‘plami uchun;

3-o‘rin:

1. Sag‘inbay Ibragimov – qoraqalpoq tilidagi «Tanlangan asarlar» she'riy kitobi uchun;

2. Qozoqboy Yo‘ldosh – «So‘z yolqini» va «Ochiqso‘z» adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamlari uchun;

3. O‘tkir Rahmat – «Yillar oralab» she'riy to‘plami uchun.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

Bahodir Ermatov – «Amir Temur G‘arbiy Yevropa adiblari nigohida» monografiyasi uchun;

Bahtiyor Abdug‘afur – «Sulton Jaloliddin Manguberdi» romani uchun;

Nafas Shodmonov – tarixiy mavzudagi «Oqsaroy» va «Naxshab afsonasi» dramatik asarlari uchun;

Qaldibek Seydanov – o‘zbek-qozoq adabiy aloqalariga bag‘ishlangan «Tug‘ishganlar» to‘plami uchun;

Ziyovuddin Mansur – «Quyosh hayqiriqlari» she'riy kitobi uchun;

Klavdiya Panchenko – o‘zbek adabiyoti targ‘iboti va adabiy aloqalarni mustahkamlashga bag‘ishlangan maqolalari uchun;

Zikrillo Ne'mat – bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan Mardi maydonlar yurti nomli harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi she'riy to‘plami uchun;

Taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari va rag‘batlantiruvchi o‘rin egalari quyidagi ko‘rinishda taqdirlanishdi:

 1-o‘rin – O‘n olti million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan;

2-o‘rin – O‘n million so‘m pul mukofoti bilan;

3-o‘rin – Olti million so‘m pul mukofoti bilan;

Rag‘batlantiruvchi o‘rin egalarining har biri to‘rt million so‘mdan pul mukofoti bilan.

 Taqdirlash marosimi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan Rustam Musurmonga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati vakili Oqmurad Qaypanov, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘iston Xalq shoiri Kenesbay Karimov tomonidan ushbu unvonning ko‘krak nishoni va guvohnomasi ham topshirildi.

Ma'lumot uchun, mazkur ijodiy tanlov O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 8 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazildi.

Mavzuga oid