AQShning Kobuldagi elchixonasi oldida kuchli portlash yuz berdi – OAV

Foto: REUTERS/Omar Sobhani
11 sentyabrga o‘tar kechasi AQShning Kobuldagi elchixonasi oldida kuchli portlash yangradi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, portlashdan keyin elchixonada signalizatsiya ishga tushgan. Ayni vaqtda qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.
Ta'kidlanishicha, portlashga raketa hujumi sabab bo‘lgan.
Hozircha rasmiy shaxslardan ushbu voqea yuzasidan hech qanday izoh berilmagan. Hududda harakatlanuvchi ekstremistik guruhlardan birortasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan
Portlash Tramp Kobuldagi boshqa bir terakt sababli 7 sentyabrda “Tolibon” yetakchilari hamda Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashuvni bekor qilganini e'lon qilgandan keyin sodir etildi. Uchrashuv Kemp-Devidda 8 sentyabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Bundan tashqari, Tramp Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralar ham to‘xtatilishini ma'lum qilgan.
Bunga javoban “Tolibon” AQSh Afg‘onistonda yanada ko‘proq qurbonlarga uchrashi bilan tahdid qilgan.
Ta'kidlash joiz, hujum 11 sentyabrda “Al-Qoida”ning Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi binolariga hujumining 18 yilligida sodir etildi.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025