Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyaning sobiq prezidenti Yusuf Habibiy vafot etdi
Indoneziyaning sobiq prezidenti Buxoruddin Yusuf Habibiy 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jakarta Post nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Habibiy 9 sentyabrda to‘satdan salomatligi yomonlashgandan keyin Jakartadagi harbiy gospitalning jonlantirish bo‘limida qolayotgandi.
Sobiq prezidentning vafoti haqida Instagram’da uning qarindoshi, qo‘shiqchi Melani Subono ma'lum qilgan.
“Indoneziyani yaxshiroq qilganingiz, meni taslim bo‘lmaslikka o‘rgatganingiz uchun rahmat”, deb yozgan Subono.
Indoneziyaning uchinchi prezidenti bo‘lgan Buxoruddin Yusuf Habibiy Germaniyada texnik ta'lim olgan, 1978 yildan boshlab mamlakatning texnologiyalar va tadqiqotlar vazirligini 20 yil davomida boshqargan. 1998 yil mayda prezident Hoji Muhammad Suxartoning iste'fosidan keyin prezident lavozimini egallagan va parlament yangi prezidentni saylaguncha, ya'ni 1999 yil oktyabrigacha ushbu lavozimda qolgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025