Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada yomg‘irlar sababli yo‘llarda sharsharalar paydo bo‘ldi (video)
Ispaniya bir necha kundan beri misli ko‘rilmagan tabiiy ofatni boshdan kechirmoqda: O‘rta yer dengizi sohillari va Balear orollari kuchli yomg‘irlar, shamol va hattoki tornado qurshovida qolgan.

Ko‘plab shaharlar va aholi punktlari kuchli yog‘ingarchilik sababli deyarli suv ostida qolgan. Tog‘li hududlarda esa to‘g‘ri avtomobil yo‘llariga oqib tushayotgan haqiqiy sharsharalar paydo bo‘lgan. Ko‘rish darajasi deyarli nol darajada bo‘lgan va yuqoridan tinimsiz suv oqayotgan sharoitda tor tog‘ yo‘llari orqali faqatgina eng dovyuraklargina o‘ta olishi mumkin.
Jumladan, tvitterda mahalliy fuqaroning Asturiya provinsiyasidagi tog‘ yo‘lidan avtomobilida o‘tayotgani videosi paydo bo‘ldi. Unda u yo‘lida bir nechta sharshara ostidan o‘tishiga to‘g‘ri kelganini ko‘rish mumkin. Videoni haydovchining do‘sti e'lon qilgan va izohlarda do‘sti biroz qo‘rquvga tushgani, biroq omon qolganini yozgan.
Así llovía ayer en la zona del Pontón (Asturias) y mi a amigo Roberto no le frena nada con tal de atender a sus clientes "las vacas" que es veterinario... pic.twitter.com/v1LBuMGpOp
— Jesús Calleja (@JesusCalleja) September 11, 2019
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025