Fan-texnika | 12:27 / 12.09.2019
22251
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar Frankfurtda Bugatti Chiron’ning raqobatchisini namoyish qilishdi

Foto: Hongqi

Frankfurt avtosalonida Xitoyning davlat avtomobilsozlik kompaniyasi FAW‘ga tegishli Hongqi brendi Rolls-Royce’ning sobiq bosh dizayneri Jayls Teylor boshchiligida yaratilgan ikkita yangi konsept-karni taqdim qildi.

Ulardan birinchisi karbon kuzoviga ega Hongqi S9 giperkari bo‘lib, uning gibrid kuch qurilmasi 4 litrli dvigatel va elektromotordan tashkil topgan. Ularning umumiy quvvati 1400 ot kuchini tashkil qiladi. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 1,9 soniyada erishadi, maksimal tezligi 400 km/soatni tashkil qiladi. Avtomobil seriyali tarzda ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, Hongqi E115 modeli taqdim qilingan. Mashina bir nechta elektr dvigatel va 7 ta harakatlanish rejimiga ega to‘liq privodli transmissiyaga ega. Ta'kidlanishicha, mashina qayta quvvatlanishsiz 600 km yo‘l bosa oladi. Bundan tashqari, u 4-darajadagi avtopilotga ega. Mashina 100 km/soat tezlikka 4 soniyadan kamroqda erishadi.  

 

Mavzuga oid