Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda xalqaro biznes forum o‘tkaziladi
21-22 sentabr kunlari Termiz shahrida “Open South International Business Forum II” xalqaro biznes forumi o‘tkaziladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda dunyoning 37 ta davlatidan 360 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari, shuningdek, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari, chet el vakolatxonalari xodimlarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Xalqaro biznes forum viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy davlatlarning biznes hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillarini hududdagi investitsiya, eksport va turizm salohiyati va imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida Termiz shahrida ikkinchi bor tashkil etilmoqda.
2018 yilning iyun oyida ilk bor o‘tkazilgan “Open South International Business Forum I” xalqaro biznes-forumida dunyoning 25 ta davlatidan 254 nafar ishtirokchi qatnashgandi. Forum doirasida imzolangan 351 million dollarlik 47 ta investitsion, 214 mln. dollarga teng bo‘lgan 44 ta tashqi savdo shartnomalari asosida hozirda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
13:36 / 04.02.2023
Surxondaryoda ikkita bog‘chaning bozor bahosi qariyb 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan binolari va yerlari noqonuniy berib yuborildi
00:05 / 24.01.2023
24 yanvardan Surxondaryodagi barcha maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi
15:04 / 18.01.2023
Surxondaryoda salkam 153 mln so‘m evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
16:12 / 16.01.2023