Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronni Saudiya Arabistoniga hujumlarda aybladi
AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo Eronni Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlovchi zavodlarga hujumlarda aybladi.
“Eron energiya tashuvchilar yetkazmalariga misli ko‘rilmagan hujumni boshladi. Hujumlar Yamandan amalga oshirilgani haqida hech qanday ma'lumot yo‘q”, deb yozgan Pompeo tvitterda.
U jahon hamjamiyatini “hujumni qoralashga chaqirgan”. “AQSh energiya tashuvchilar bozorlari yaxshi ta'minlanishi, Eron esa o‘z tajovuzi uchun javobgarlikka tortilishi uchun hamkorlar va ittifoqdoshlari bilan ishlaydi”, deb qo‘shimcha qilgan bosh kotib.
Avvalroq Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasining Abkayk va Xurays tumanlaridagi 2 ta korxonasida yong‘inlar yuz bergandi.
Yamanlik xusiylar zavodlarga hujum 10 ta dron yordamida amalga oshirilganini ma'lum qilishgan.
OAVda hujumlar oqibatida korxonalarda ishlab chiqarish kuniga 5 mln barrelga qisqargan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan. Bu esa Saudiya Arabistonida olinadigan kunlik neft hajmining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025