Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov Porega bergan va'dasi ustidan chiqdi
Rossiyalik yakkakurashchi Xabib Nurmagomedovdan mag‘lubiyatga uchragan amerikalik yakkakurash jangchisi Dastin Pore o‘zi asos solgan The Good Fight Foundation jamg‘armasiga xayriya mablag‘i o‘tkazgani uchun dog‘istonlik sportchiga minnatdorlik bildirdi.
“Sening saxiy xayriyang va va'dang ustidan chiqqaning uchun rahmat. Sen qo‘shgan hissa odamlarga yordam beradi”, deyilgan jamg‘armaning tvitterdagi sahifasida.
7 sentyabrda Pore Abu-Dabida o‘tgan jangda Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lgandi. Jangdan keyin ikki yakkakurashchi o‘zaro futbolkalar almashishgan. O‘shanda Nurmagomedov Porega u bergan futbolkani auksionda sotib, tushgan pulni raqibi jamg‘armasiga o‘tkazishini aytgan.
Mavzuga oid
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
00:44 / 18.09.2019
Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach kim bo‘lmoqchiligini aytdi
21:40 / 10.09.2019